SHAHAR SHAROITIDA AVTOMOBILLLARNI PARKOVKALASHDA INNOVATSION LOYIHALASH TIZIMI
In: Scientific-technical journal, 2020
academicJournal
Zugriff:
Shahar ko`chalarida transport vositalarining soni ko`payishi sababli, transport bilan bog`liq bo`lgan muammolar ko`paymoqda. Bunga sabab qilib yo`lning infratuzilmasi va parkovka joylarining yetarli emasligini hamda mavjud parkovka joylari to`g`risida axborotni yetkazadigan tizimning yo`qligini misol qilib keltirish mumkin. Bu bir qancha salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Jumladan transport vositalaridan chiqayotgan zaharli moddalarning atrof – muhitga zarari ko`payishiga, yo`lning o`tkazish qobiliyatiga va haydovchining yo`lda ortiqcha vaqt sarflashlarga olib kelishi mumkin. Yuqoridagi aytib o`tilgan muammolarni bartaraf etish uchun shahar parkovkalarini innovatsion intellektual loyihasini ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq etish lozim. Bu intellektual tizim orqali transport vositalari egalari bo`sh parkovka hududlarini osongini topib borishi mumkin. Ushbu maqolada mana shu muammolarni bartaraf qilish uchun innovatsion tizimli loyiha modeli ishlab chiqilgan. Tizimning ishlash prinsipi parkovka hududining kirish va chiqish joylariga sensorli hisoblagichlar va shlagbaumlar o`rnatilgan. Sensor parkovka hududiga kirish(yoki chiqish)da har bir avtomobilni hisobga oladi va bu axborotni maxsus displeyga uzatadi. Displey esa transport vositalari egalariga parkovkada qancha joy bo`sh yoki band ekanligi to`g`risida axborotni beradi. Qolaversa parkovka hududida qaysi joylarda bo`sh joylar borligini aniqlash uchun har bir avtomobil turadigan parkovka joyining yuqori qismiga maxsus yorituvchi chiroqlar o`rnatilgan. Agar o`sha joyda avtomobil bo`lsa, yorituvchi chiroqlar yoniq holda bo`ladi aks holda o`chiq holatda bo`ladi.
Titel: |
SHAHAR SHAROITIDA AVTOMOBILLLARNI PARKOVKALASHDA INNOVATSION LOYIHALASH TIZIMI
|
---|---|
Autor/in / Beteiligte Person: | Abdunazarov, Jamshid ; Abdurahmanov, Zohidjon Baxtiyor o‘g‘li |
Link: | |
Zeitschrift: | Scientific-technical journal, 2020 |
Veröffentlichung: | 2030 Uzbekistan Research Online, 2020 |
Medientyp: | academicJournal |
Schlagwort: |
|
Sonstiges: |
|